Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Levandovski haqida: «Robert menga juda e’tiborli bo‘lgan»

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Levandovski haqida: «Robert menga juda e’tiborli bo‘lgan»

Baho:
+ | -

«Barselona» klubining sobiq a’zosi Pau Viktor Robert Levandovski bilan birga ishlagan davrlarini yodga oldi va bosh murabbiy Xans-Diter Flikning jamoadagi o‘zaro muhitga ko‘rsatgan ta’sirini alohida ta’kidladi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, aynan Flik polshalik tajribali hujumchiga yosh futbolchilarga yordam berishni va mashg‘ulotlar jarayonida ularga o‘rnak bo‘lishni topshirgan.

«Flik menga ko‘plab maslahatlar bergan, biroq u qilgan eng asosiy ish — Levandovskidan jamoada men uchun xuddi otadek bo‘lishni iltimos qilgani deb hisoblayman. Robert esa menga juda ham e’tibor bilan munosabatda bo‘ldi. U doimiy ravishda jarima maydonchasi ichida qanday harakat qilish, to‘g‘ri pozisiya tanlash va himoyachilarni qanday nazorat qilish bo‘yicha maslahatlar berib borardi. Men undan juda ko‘p narsani o‘rgandim va undan cheksiz minnatdorman», — deya hikoya qildi Viktor sport.es nashriga bergan intervyusida.

Ayni paytda Pau Viktor Portugaliyaning «Braga» klubi sharafini himoya qilmoqda. Robert Levandovski esa kataloniyaliklar bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida o‘ziga yangi jamoa izlash bilan band.

Kiritildi: 18:07, 20.06.2026.
O'qildi: 1062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик