Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv

JCH-2026. Yaponiya Tunis darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi

JCH-2026. Yaponiya Tunis darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati–2026 "F" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Tunis va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Meksikaning Guadalupe shahridagi «BBVA» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Yaponiya yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda hisobni 4-daqiqada Daichi Kamada ochdi. 31-daqiqada Ayase Ueda jamoasining ustunligini ikki baravarga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Dzyunya Ito 69-daqiqada uchinchi golni urdi. Uchrashuvga nuqtani esa 83-daqiqada dubl qayd etgan Ayase Ueda qo‘ydi.

JCH-2026. F guruhi, 2-tur
Tunis — Yaponiya — 0:4
Gollar: Kamada (4), Ueda (31, 83), Ito (69).

Birinchi turda Yaponiya Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Tunis Shvesiyaga mag‘lub bo‘lgan edi.

Ikki turdan keyin Yaponiya o‘z hisobida 4 ochko to‘pladi va pley-off uchun kurashda muhim qadam tashladi. Tunis esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Yaponiya Shvesiyaga qarshi maydonga tushadi, Tunis esa Niderlandiya bilan bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:02, 21.06.2026.
O'qildi: 1086 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик