Manuel Noyer Jahon chempionatlaridagi o‘zining 21-uchrashuvini o‘tkazdi — bu darvozabonlar o‘rtasidagi mutlaq rekorddir.
Germaniya terma jamoasining 40 yoshli posboni JCH-2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Kot-d’Ivuarga qarshi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi.
Shu tariqa, Noyer Jahon chempionatlarida 20 ta o‘yin o‘tkazgan Fransiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Ugo Lyorisni ortda qoldirib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yagona peshqadamga aylandi.













