«Chelsi» klubi «Yuventus» himoyachisi Andrea Kambyazoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda TEAMtalk nashri.
Londonliklar bu borada kutilmagan reja ishlab chiqishgan. «Chelsi» italiyalik himoyachi evaziga hujumchi Nikolas Jeksonni almashtirishni ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, Turin klubi rahbariyati transferning bunday ko‘rinishini muhokama qilishga tayyor. Transfermarkt portali Jeksonning transfer bahosini 40 million yevroga baholagan.
Nikolas Jekson shu vaqtga qadar «Chelsi» libosida jami 81 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













