Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Real»ning zaxira futbolchisi La Liganing boshqa klubiga o‘tishi mumkin

«Real»ning zaxira futbolchisi La Liganing boshqa klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Real»ning ispaniyalik himoyachisi Fran Garsiya faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi La Liganing boshqa bir vakili safiga borib qo‘shilishi mumkin. «Betis» klubi chap qanot himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Garsiyani o‘z short-listiga (nomzodlar ro‘yxatiga) kiritgan. Ayni damda ikkala klub o‘rtasida hali rasmiy kelishuvga erishilmagan.

Yakunlangan mavsumda Fran Garsiya «qaymoqranglilar» safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda himoyachi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2023 yilda «Real» tizimiga qaytgan edi.

Kiritildi: 13:43, 21.06.2026.
O'qildi: 1488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик