Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Barselona» himoyachi bilan shartnomani kelishib oldi

«Barselona» himoyachi bilan shartnomani kelishib oldi

Baho:
+ | -

30 yoshli daniyalik himoyachi Andreas Kristensen «Barselona» bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqdagi ma’lumotni Mundo Deportivo nashri bo‘lishmoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq shartnomada maxsus band qayd etiladi — agar tomonlardan biri qoniqmasa, bir yildan so‘ng kelishuvni bekor qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Saudiya Arabistoni, Angliya Premyer-ligasi va Bundesligadan yanada foydali takliflar olganiga qaramay, Kristensen «Barselona»da qolishga qaror qildi.

Kristensen 2022 yildan beri «ko‘k-anorranglilar» safida to‘p suradi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

Kiritildi: 17:42, 21.06.2026.
O'qildi: 1798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик