Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Shaxmat. O‘zbekiston jamoaviy blis bo‘yicha jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Shaxmat. O‘zbekiston jamoaviy blis bo‘yicha jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Gonkongda shahrida shaxmatning Rapid va Blis yo‘nalishlarida Jamoalar o‘rtasida jahon chempionatida o‘tkazildi.

Rapid yo‘nalishida O‘zbekiston jamoasi 8-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, blis yo‘nalishida shaxmatchilarimiz bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Blisda 47 jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarni boshlashdi. "C" guruhida ishtirok etgan O‘zbekiston 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Jamoamiz nimchorak finalda Ozarboyjonning "Odlar Yurdu" jamoasi ustidan qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi — 3:3 va 4:2.

Chorak finalda esa jamoamizga Magnus Karlsen boshchiligiagi WR Chess jamoasi raqiblik qildi. Bu bahsda ham O‘zbekiston qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi — 3:3 va 3,5:2,5.

Afsuski, Abdusattorov boshchiligidagi shaxmatchilarimiz yarim finalda Xitoyning "Dragon Chilling" jamoasiga imkoniyatni boy berdi — 1,5-4,5, 4,5 - 1,5 va 1,5-4,5.

Bronza medali uchun "Hexamind Chess Team"ga qarshi kechgan 2 partiyadan iborat bahslarda tomonlar bir martadan g‘alaba qozonishdi. Hal qiluvchi tay-breyk bahsida hamyurtlarimiz ishonchli o‘yin namoyish etib, raqibini 5,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu natija orqali jamoamiz uchinchi o‘rinni egallab, 30 ming yevro miqdoridagi pul mukofotini ham qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘olibligini «Dragon Chilling» jamoasi qo‘lga kiritdi. Chempionlar 75 ming yevro mukofot bilan taqdirlandi. Ikkinchi o‘rin esa «Endgame AI» jamoasiga nasib qildi va ular 50 ming yevro ishlab olishdi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik shaxmatchilar shaxsiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham bir qator medallarni qo‘lga kiritishdi.

1-taxtada harakat qilgan Nodirbek Abdusattorov 19 partiyada 15,5 ochko to‘plab, 2936 reyting performansi bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

6-taxtada o‘ynagan Umida Omonova 12 partiyadan 9 ochko jamg‘arib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 8-taxta vakili Akjol Rahmatullayev ham 21 partiyada 14,5 ochko to‘plab, kumush medal sohibiga aylandi.

5-taxtadagi Shamsiddin Vohidov esa 15 partiyada 8,5 ochko jamg‘arib, bronza medalga munosib ko‘rildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi musobaqani umumiy bronza va to‘rtta shaxsiy medal bilan yakunladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:32, 21.06.2026.
O'qildi: 3354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик