Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

JCH-2026. Ispaniya Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi, Yamal Mundialdagi ilk golini urdi

JCH-2026. Ispaniya Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi, Yamal Mundialdagi ilk golini urdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati-2026 "H" guruhining 2-turidan o‘rin olgan Ispaniya — Saudiya Arabistoni bahsi yakunlandi. Atlanta shahridagi "Mersedes-Bens Stedium"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ispanlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 10-daqiqada Lamin Yamal tomonidan ochildi. Bu gol 18 yoshli futbolchi uchun jahon chempionatlaridagi dastlabki gol bo‘ldi. 21-daqiqada Mikel Oyarsabal jamoasining ustunligini oshirgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib dubl qayd etdi. Ikkinchi bo‘limda saudiyalik himoyachi Hassan Al-Tambakti o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Ispaniya terma jamoasi 4 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Saudiya Arabistoni esa 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qolmoqda.

Jahon chempionati-2026. "H" guruhi, 2-tur
Ispaniya — Saudiya Arabistoni — 4:0
Gollar: Yamal 10, Oyarsabal 21, 24, Al-Tambakti 49 (avtogol).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:05, 21.06.2026.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик