Londonning «Arsenal» klubi «Aston Villa» hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers bo‘yicha muzokaralarni rejalashtirmoqda.
«Kanonirlar» «villachilar» bilan yaqin haftalar ichida rasmiy muzokaralarni boshlash niyatida, deb xabar beradi HandofArsenal. London grandi rahbariyati birmingemliklarning 23 yoshli yulduzini transfer qilishga jiddiy bel bog‘lagan, ammo faqat «maqbul» narx evaziga. Hammasi «Aston Villa»ning talablariga bog‘liq bo‘ladi, futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishish esa muammo tug‘dirmasligi taxmin qilinmoqda.
Morgan Rojersning qiymati Transfermarkt mutaxassislari tomonidan 90 million yevroga baholanmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.













