Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida Kabo-Verde bilan o‘yindan keyin (0:0) «Furiya Roxa» manziliga aytilgan tanqidlarga jamoa qaytargan javobi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, JCHning 2-turida ispaniyaliklar Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
«Hech kim o‘z mehnati va imkoniyatlari shubha ostiga olinishini yoqtirmaydi, shuning uchun o‘yinchilarning bunday javob reaksiyasi tushunarli. Bu o‘zlarini ko‘rsatish va uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan loyihaning yashovchanligini tasdiqlash uchun o‘ziga xos ishora edi», — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi Marca.
Ikki o‘yindan so‘ng Ispaniya terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib, N guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Saudiya Arabistoni bir ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













