Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya 0-0 Eron
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

Toni Nadal Messi va Rafael Nadal o‘rtasidagi o‘xshashlik haqida gapirdi

Toni Nadal Messi va Rafael Nadal o‘rtasidagi o‘xshashlik haqida gapirdi

Baho:
+2 | -

Afsonaviy tennischi Rafael Nadalning sobiq murabbiyi va amakisi Toni Nadal jahon chempioni, argentinalik futbolchi Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menga uning shunchaki mehnatsevarligi emas, balki o‘ziga nisbatan talabchanligi yoqadi. Bu ikki tushunchani ajrataman. Mehnat qilish ko‘proq jismoniy jihat bilan bog‘liq bo‘lsa, talabchanlik ruhiy holatga taalluqli.

Messi ushbu jahon chempionatining dastlabki o‘yinlarida yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik nisbatan kuchsizroq deb hisoblaydigan ligada ikki yil o‘tkazganidan keyin ham u ajralib turish istagini yo‘qotmagan. Bejizga u shuncha yillar davomida turli sport turlaridagi eng katta yulduzlardan biri bo‘lib qolmayapti.

U yana kim ekanini isbotladi: fenomen va hatto ikki metr bo‘sh hudud qoldirish mumkin bo‘lmagan futbolchi. Unda hali ham g‘alabaga chanqoqlik va o‘z ishiga to‘liq berilganlik bor.

Menimcha, aynan shu jihatdan u Rafael Nadalga o‘xshaydi. Ikkalasi ham muxlislariga, o‘z terma jamoasiga, mamlakatiga va sportga sodiq. Menimcha, bu katta hurmatga loyiq fazilat», — dedi Toni Nadal ESPN nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatini sermahsul boshladi. Argentina terma jamoasi sardori Jazoirga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:48, 22.06.2026.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик