Angliya terma jamoasi va «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays o‘yinlarning tig‘iz taqvimi haqida fikr bildirdi.
27 yoshli futbolchi JCH-2026 dagi ilk o‘yinida «uch sherlar» Xorvatiyani mag‘lub etgan (4:2) bahsning ikkinchi bo‘limida zaxiraga olingandi. Yarim himoyachi maydonni jarohat gumoni bilan tark etgan bo‘lsa-da, jiddiy muammolardan qutulib qoldi.
«Biz juda ko‘p, hatto me’yoridan ortiqcha o‘yin o‘tkazyapmiz. Jadval aql bovar qilmas darajada tig‘iz, lekin nima ham qila olamiz? Shunchaki o‘tirib, nolish kerak emas. Premyer-ligadagi yaqinda qo‘lga kiritgan g‘alabamiz kabi damlar uchun harakatni davom ettirish zarur», – deya Raysning so‘zlarini keltiradi Telegraph.
23 iyun kuni inglizlar JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turi doirasida Ganaga qarshi maydonga tushadi.













