Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

JCH-2026. Mbappening dubli Fransiyani pley-offga olib chiqdi

JCH-2026. Mbappening dubli Fransiyani pley-offga olib chiqdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati–2026 "I" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Fransiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQSHning Filadelfiya shahridagi «Linkoln Faynenshel Fild» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda fransuzlar 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Maykl Olise uzatmasidan so‘ng Kilian Mbappe hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli ikkinchi bo‘lim boshlanishi ikki soatga kechiktirildi.

Tanaffusdan keyin ham Fransiya ustunlikni saqlab qoldi. 54-daqiqada Usmon Dembele assistidan keyin Mbappe dubl qayd etdi. 66-daqiqada esa Dembelening o‘zi gol urdi. Bu golda ham Maykl Olise assist muallifi bo‘ldi.

Ushbu g‘alaba orqali Fransiya terma jamoasi muddatidan avval JCH-2026 pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi.

3-turda fransuzlar Norvegiyaga qarshi maydonga tushsa, Iroq Senegal bilan bahs olib boradi.

Jahon chempionati–2026. "I" guruh, 2-tur
23 iyun, Filadelfiya (AQSH). «Linkoln Faynenshel Fild» stadioni
Fransiya – Iroq – 3:0
Gollar: Mbappe, 14 (1:0), Mbappe, 54 (2:0), Dembele, 66 (3:0).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:05, 23.06.2026.
O'qildi: 1483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик