Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

Messi 6 ta jahon chempionatida pley-off bosqichiga yo‘l olgan birinchi futbolchiga aylandi

Messi 6 ta jahon chempionatida pley-off bosqichiga yo‘l olgan birinchi futbolchiga aylandi

Baho:
+2 | -

Argentina terma jamoasi Jazoir (3:0) va Avstriya (2:0) ustidan qozonilgan g‘alabalar evaziga JCH-2026 guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Argentina jamoasining barcha gollarini Messi kiritdi.

38 yoshli hujumchi faoliyatidagi 6-jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Undan tashqari, ushbu turnir hujumchi Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) va darvozabon Gilyermo Ochoa (Meksika) uchun ham 6-JCH hisoblanadi, biroq ular Lionelning bu natijasini takrorlay olishmaydi.

JCH-2022da Argentina terma jamoasi oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi. 2018 yilda argentinaliklar 1/8 finalgacha yetib borishgan, 2014 yilda esa finalda mag‘lub bo‘lishgan. 2010 va 2006 yilgi turnirlarda jamoa 1/4 final bosqichida musobaqani tark etgan.

Kiritildi: 09:25, 23.06.2026.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик