Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Pas bo‘yicha «Real» va «Komo» o‘rtasidagi muzokaralar sanasi ma’lum bo‘ldi

Pas bo‘yicha «Real» va «Komo» o‘rtasidagi muzokaralar sanasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» va Italiyaning «Komo» klublari qachon yarim himoyachi Nikolas Pasning kelajagini muhokama qilishlari ma’lum bo‘ldi.

Taniqli jurnalist Matteo Morettoning ta’kidlashicha, klublar Pasning kelajagini hal qilish uchun payshanba kuni uchrashishadi. Biroq avvalroq «qaymoqranglilar» «Komo»ga argentinalik futbolchini keyinchalik foydaliroq sotish maqsadida qaytib sotib olish niyatida ekanliklarini norasmiy tarzda ma’lum qilishgan edi. «Real» 60 million yevro atrofida narx belgilashi kutilmoqda. Payshanba kuni «Komo» Pasni yana kamida bir mavsumga olib qolish uchun so‘nggi bor urinib ko‘radi.

O‘tgan mavsumda 21 yoshli xavbek barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:06, 23.06.2026.
O'qildi: 1150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик