Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Krishtianu Ronaldu JCH va Yevropa chempionatlaridagi 10 o‘yinlik golsiz seriyasiga barham berdi

Krishtianu Ronaldu JCH va Yevropa chempionatlaridagi 10 o‘yinlik golsiz seriyasiga barham berdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati "K" guruhi 2-turida O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda gol urib, yirik musobaqalardagi uzoq davom etgan golsiz seriyasini to‘xtatdi.

Xyuston shahridagi "En-Er-Ji Stedium" stadionida o‘tayotgan bahsning birinchi bo‘limi yakunlanganidan so‘ng hisob Portugaliya foydasiga 3:0 ko‘rinishini oldi. Ushbu gollarning ikkitasi Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi.

Portugaliyalik yulduz terma jamoa safida jahon va Yevropa chempionatlarida so‘nggi marta 2022 yilgi jahon chempionatining Ganaga qarshi bahsda (3:2) keyin gol urgan edi. Shu tariqa u 10 ta o‘yindan iborat golsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.

O‘zbekiston darvozasiga kiritilgan dubl Ronalduga yana bir tarixiy natijani taqdim etdi. Endi uning jahon chempionatlaridagi gollari soni 10 taga yetdi.

Bu ko‘rsatkich orqali Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarixida mundiallarda eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord afsonaviy hujumchi Eysebioga tegishli bo‘lib, uning hisobida 9 ta gol bor edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:43, 23.06.2026.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик