Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Bellingem ikki og‘iz so‘z bilan Mbappega bo‘lgan munosabatini bildirdi

Bellingem ikki og‘iz so‘z bilan Mbappega bo‘lgan munosabatini bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem o‘zining klubdoshi hamda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

Jurnalistlarning Mbappening jahon chempionatlaridagi natijalari haqidagi savoliga ingliz futbolchisi qisqacha javob berdi: «U eng zo‘ri».

Mbappe ketma-ket ikkita o‘yinda dubl qayd etdi. Avvaliga u Senegal terma jamoasiga ikkita gol urdi, keyin esa Iroq jamoasi darvozasiga ham shuncha to‘p kiritdi. Fransuzlar ikkala o‘yinda ham mos ravishda 3:1 va 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, pley-off bosqichi yo‘llanmasini muddatidan oldin naqd qilishdi.

Xuddi shunday natijalarni norvegiyalik Erling Xoland ham namoyish etmoqda. So‘nggi turda Fransiya va Norvegiya bir-birlariga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 14:15, 24.06.2026.
O'qildi: 1390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик