Madridning «Real» klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo nima uchun klubga qaytishga qaror qilganini aytib berdi.
«Men «Real»ni yaxshi ko‘rishimni inkor etmayman va aynan shuning uchun ham qaytdim. Lekin «Barselona»ga qarshi hech qanday adovatim yo‘q — hech qanday salbiy tuyg‘ular mavjud emas. Men shunchaki ushbu jamoaga qarshi o‘yinlardan zavq olaman, chunki eng kuchli raqiblarga qarshi bahs olib borishni yaxshi ko‘raman. Eng zo‘rlar bilan o‘ynab, o‘zing ham yaxshilanib borasan. «Real» — dunyoda birinchi raqamli klub, «Barsa» esa eng zo‘rlaridan biri», — deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi Ispaniya ommaviy axborot vositalari.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis o‘zining dastlabki tashrifida «qaymoqranglilar»ni 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan edi.













