Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

Pavel Yevteev O‘zbekiston terma jamoasining pley-offga chiqishiga ishonmoqda

Pavel Yevteev O‘zbekiston terma jamoasining pley-offga chiqishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

Qozog‘iston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Pavel Yevteev Sports.kz nashriga bergan intervyusida JCH-2026 guruh bosqichidan o‘rin olgan Portugaliya — O‘zbekiston (5:0) uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

— Terma jamoalarning tarkibi va saviyasi o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydigan darajada edi. Portugaliya so‘nggi yillarda Yevropaning yetakchi terma jamoalaridan biri bo‘lib kelmoqda va ularning O‘zbekiston ustidan qozongan g‘alabasi qonuniy natija bo‘ldi. Krishtianu Ronalduning tezkor goli o‘yin taqdirini oldindan hal qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston hali ham pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Buning uchun Kongo DR ustidan g‘alaba qozonish va boshqa guruhlarda kerakli natijalar qayd etilishi lozim. O‘zbekiston terma jamoasini 1/16 finalda ham ko‘ramiz degan umiddaman, — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, ikki turdan keyin Portugaliya hisobida 4 ochko mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston hali ochko jamg‘armagan.

Guruh bosqichining hal qiluvchi uchrashuvlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Kongo DRga qarshi maydonga tushadi, Portugaliya esa Kolumbiya bilan kuch sinashadi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da boshlanadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 16:53, 24.06.2026.
O'qildi: 1524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик