«Liverpul» klubi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Lionel Messini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Chorshanba kuni argentinalik yulduz 39 yoshni qarshi oldi.
«Salom, Leo, tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin! O‘sha kuni bag‘ringga bosganing (quchoqlaganing) uchun katta rahmat. Sen meni haqiqiy mashhur insonga aylantirding. Bu sen uchun juda oson. Endi butun dunyo meni faqatgina sen meni quchoqlaganing uchun taniydi. Bugungi kundan lazzatlan. Uni a’lo darajada o‘tkaz. Sening 40 yoshlik yubileyingdan kechikmay ko‘rishamiz. Xayr-xayr», — deya Kloppning so‘zlarini keltiradi jurnalist Florian Plettenberg.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati doirasida Avstriya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, Lionel Messi Yurgen Klopp va futbol olamining yana bir nechta mashhur shaxslarini bag‘riga bosib, ko‘rishgan edi.













