Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

«Milan» Kristian Pulishichni «Nyu-York Siti»ga sotishdan bosh tortdi

«Milan» Kristian Pulishichni «Nyu-York Siti»ga sotishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

AQSHning «Nyu-York Siti» klubi «Milan» va AQSH terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Pulishichning transferiga qiziqish bildirdi. Biroq Italiya klubi rahbariyati 27 yoshli futbolchi sotilmasligini ma’lum qilib, rad javobini berdi, deya xabar tarqatmoqda The Athletic nashri. «Nyu-York Siti»ning qiziqishi MLSdagi yagona taklif emas — liganing bir nechta klublari milanliklarning fikri o‘zgargan taqdirda, futbolchi uchun kurashga qo‘shilishga tayyor.

Amerikalik futbolchining amaldagi shartnomasi keyingi yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq shartnomada «Milan» tomonidan uni yana 12 oyga uzaytirish bandi ko‘zda tutilgan. Bu esa amalda futbolchining majburiyatlarini 2028 yilning yozigacha bog‘lab turadi. Ayni damda vingerning o‘zi bor e’tiborini Jahon chempionati-2026'da milliy terma jamoa safidagi ishtirokiga qaratgan va Turkiyaga qarshi o‘yinda jarohatdan so‘ng maydonga qayishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Milan» klubining o‘zida esa hozirda rahbariyat va murabbiylar shtabida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Klubni Chempionlar ligasiga olib chiqa olmagan Massimiliano Allegri o‘rnini yangi bosh murabbiy sifatida Ruben Amorim egalladi. Bundan tashqari, mavsum yakunlanganidan so‘ng sport direktori Igli Tare, bosh ijrochi direktor Jordjo Furlani va texnik direktor Joffre Monkada o‘z lavozimlarini tark etishdi.

Kiritildi: 02:32, 25.06.2026.
O'qildi: 570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик