Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

FIFA Qatar futbolchisini 5 ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi

FIFA Qatar futbolchisini 5 ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi

Baho:
+ | -

Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Assim Madibo 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Kanada terma jamoasi a’zosi Ismael Koneni yiqitgani uchun beshta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi, deya xabar bermoqda BBC nashri FIFA Tartib-intizom qo‘mitasiga tayanib. Ushbu vaziyat natijasida kanadalik futbolchining oyog‘i singan, qatarlik o‘yinchi esa maydondan chetlatilgan edi. Uchrashuv Kanadaning 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan.

Shifokorlar tomonidan Konening chap oyoq katta va kichik boldir suyaklari sinishi tashxisi qo‘yildi, shu tariqa u turnirning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Ma’lum qilinishicha, Madibo Ismaelga o‘z uzrini etkazgan va jarrohlik amaliyotidan so‘ng uni shifoxonada borib ko‘rgan.

Kiritildi: 02:35, 25.06.2026.
O'qildi: 1724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик