Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Chelsi» o‘z himoyachisini A Seriya klubiga sotib yuborishga tayyor

«Chelsi» o‘z himoyachisini A Seriya klubiga sotib yuborishga tayyor

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Aksel Disasi shu yozda jamoani tark etishi mumkin.

Taniqli jurnalist Mirko Di Natalening xabar berishicha, fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Italiyaning «Roma» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rimliklar so‘nggi soatlarda ushbu o‘tishning ehtimoliy shartlari bo‘yicha dastlabki so‘rovni amalga oshirishgan. «Ko‘klar» esa o‘z futbolchisini 25 million yevroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Aksel Disasi 2023 yili 45 million yevro evaziga «Monako»dan «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Himoyachi 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Vest Xem» safida o‘tkazdi. U «bolg‘achilar» libosida barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Nufuzli Transfermarkt portali Disasining transfer bahosini 15 million yevro deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 03:32, 25.06.2026.
O'qildi: 1032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик