Braziliyalik himoyachi Kaiki Italiyaning "Komo" klubi a’zosiga aylandi. Hozirda Kaiki 23 yoshda va u "Kruzeyro" tarkibidagi bir necha yillardan so‘ng, nihoyat, Yevropa futbolidagi katta sarguzashtlarga tayyor bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, o‘tmishda unga Yevropaning boshqa klublari, hatto "Manchester Siti" kabi grandlar ham qiziqish bildirgan edi. Kaiki "Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregasga bo‘lgan hurmati va hayratini yashirib o‘tirmadi.
"Fabregas men uchun haqiqiy yulduz, men uni juda qattiq hurmat qilaman", — deya ma’lum qildi Kaiki.
Eslatib o‘tamiz, keyingi mavsumda Italiya klubi Chempionlar ligasida debyut qiladi. Bu esa jamoaning o‘tgan mavsumni "Milan" va "Yuventus" klublarini ortda qoldirgan holda to‘rtinchi o‘rinda yakunlagani tufayli amalga oshdi.













