Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Arsenal» Braziliya terma jamoasi a’zosi uchun 60 million yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qildi

«Arsenal» Braziliya terma jamoasi a’zosi uchun 60 million yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qildi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Nyukasl» hamda Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni sotib olish ustida ish olib bormoqda.

«To‘pchilar» 28 yoshli futbolchi uchun taxminan 55 million funt sterling (deyarli 64 million yevro) taklif qilishdi, biroq «qarg‘alar» bu taklifga rad javobini berishdi, deb xabar tarqatmoqda Globo. Poytaxt grandi rahbariyati yangi taklif bilan yana qaytishiga shama qilib ulgurdi.

Bruno Gimaraesning o‘zi muzokaralar jarayoniga deyarli aralashmayapti — u bor e’tiborini Jahon chempionatiga qaratgan. Transfermarkt portali braziliyalik xavbekning transfer bahosini 70 million yevroga baholamoqda. Futbolchining «Nyukasl» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:01, 26.06.2026.
O'qildi: 2181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик