Ispaniya OAVlari Joze Mourinyo qo‘l ostidagi yangi Madridning «Real» klubi qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida ma’lumotlar tarqatishda davom etmoqda.
Klub rahbariyati Kilian Mbappeni ushbu loyihaning mutlaqo asosiy figurasi deb hisoblamoqda, deya xabar beradi Diario AS. Bundan tashqari, manbaning ta’kidlashicha, yangi bosh murabbiy jamoa o‘yinini aynan fransiyalik yulduz atrofida qurishni rejalashtirmoqda: katta ehtimol bilan hujumchi maydon ichkarisiga (orqaroqqa) ko‘proq tusha oladigan bo‘ladi — uning roli klassik «to‘qqizlik» vazifalari bilangina cheklanib qolmaydi, jamoadoshlaridan esa uning manevrlariga to‘g‘ri moslashish talab etiladi.
Yakunlangan mavsumda Kilian Mbappe «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va o‘z hisobiga 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













