Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Barselona» Alvares uchun rekord darajadagi summa taklif qilishga tayyor

«Barselona» Alvares uchun rekord darajadagi summa taklif qilishga tayyor

Baho:
+-1 | -

«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares bilan shartnoma imzolash urinishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Xose Alvares yozmoqda.

Kataloniya klubining birinchi taklifi rad etilgan edi. Biroq «ko‘k-anorranglilar» o‘z takliflarini yaxshilashdi. «Barselona» Alvares uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor. Agar «Atletiko» ushbu taklifni qabul qilsa, kataloniyaliklar o‘zlarining transfer rekordini yangilashadi. Bundan oldin Ispaniya grandi Usman Dembeleni Dortmundning «Borussiya»sidan 148 million yevroga sotib olgan edi («Transfermarkt» ma’lumotlari).

Avvalroq futbolchi «Atletiko»ni tark etish niyatida ekanligini e’lon qilgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi aynan «Barselona»ga o‘tishni xohlaydi. Ammo madridliklar o‘z o‘yinchisini boshqa Ispaniya klubiga sotishni rejalashtirishmayapti.

Kiritildi: 15:59, 26.06.2026.
O'qildi: 6352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик