Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

«Real» va «Komo» o‘rtasidagi Pas bo‘yicha kelishuvning yangi tafsilotlari oshkor bo‘ldi

«Real» va «Komo» o‘rtasidagi Pas bo‘yicha kelishuvning yangi tafsilotlari oshkor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Argentinalik yarim himoyachi Nikolas Pas «Komo» klubida qoladigan bo‘ldi. Bu haqdagi ma’lumotni taniqli insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

Avvalroq, «Real» Pasning transfer huquqini «Komo»dan 9 million yevroga sotib olgani va o‘sha zahotiyoq 21 yoshli futbolchini 60 million yevro evaziga yana ortga sotgani haqida xabar berilgan edi.

Biroq, Romanoning ma’lum qilishicha, «Komo» «Real» hisobiga to‘liq 60 million yevro o‘tkazib bermaydi. Qayd etilishicha, shartnomaga maxsus band kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra «qaymoqranglilar» futbolchining keyingi sotuvidan sezilarli miqdorda ulush olishadi. Bundan tashqari, «Real» istagan vaqtida Pasni yana qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan.

Ushbu transferda «Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas va klub prezidenti Mirvan Suvarso asosiy rolni o‘ynagani alohida ta’kidlanmoqda. Barcha jarayonlar Nikolas Pasning roziligi bilan amalga oshgan.

2025/26 yilgi mavsumda Pas barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:13, 26.06.2026.
O'qildi: 2595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик