Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

«Asosiy maqsad — birinchi g‘alaba va xalqni xursand qilish». Kannavaro va Shomurodov Kongo DR bilan o‘yin oldidan nimalar dedi?

«Asosiy maqsad — birinchi g‘alaba va xalqni xursand qilish». Kannavaro va Shomurodov Kongo DR bilan o‘yin oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va jamoa sardori Eldor Shomurodov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lajak raqib, tarkibdagi o‘zgarishlar va turnirdagi asosiy maqsadlar haqida so‘z bordi.

Raqib haqida

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro bo‘lajak raqibning kuchli tomonlarini e’tirof etar ekan, jamoa faqat g‘alaba uchun maydonga tushishini ta’kidladi:

«Kongo ham juda ajoyib, tajribaga ega va jismoniy jihatdan yaxshi shakllangan jamoa. Biroq biz ularni yutish uchun harakat qilamiz. Ertaga o‘yin boshqacha bo‘ladi, chunki biz allaqachon ikkita eng yuqori darajadagi raqiblar bilan o‘ynab bo‘ldik. Oxirgi o‘yin ham oson kechmadi, uni diqqat bilan tahlil qildik».

Darvozabonlar rotasiyasi xususida

Italiyalik mutaxassis o‘tgan bahsda darvoza chizig‘ida amalga oshirilgan kutilmagan o‘zgarish va O‘tkir Yusupovning zaxirada qoldirilishi sababiga ham to‘xtalib o‘tdi:

«Birinchi bahsda Yusupov yaxshi o‘yin ko‘rsatgan edi. Biz shunchaki boshqa darvozabonimizga ham imkoniyat berishni xohladik. Sababi bizda yuqori darajadagi 3 ta darvozabon bor».

«Asosiy maqsad — xalqimizni xursand qilish»

Terma jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov esa futbolchilarning kayfiyati va musobaqadagi bosh vazifa haqida gapirdi:

«Asosiy maqsadimiz — bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turgan xalqimizni xursand qilish. Turnirdagi birinchi golimizni urib bo‘ldik, endigi vazifamiz — dastlabki g‘alabaga erishish», — dedi Shomurodov.

Jahon chempionatidagi tajriba

Murabbiyning fikricha, ushbu yirik turnir jamoaning kelajakdagi o‘sishi uchun bebaho maktab vazifasini o‘tamoqda:

«Biz Jahon chempionatida juda ko‘p narsani o‘rganmoqdamiz. Bu turnirda jamoa sifatida o‘sishimiz mumkin, chunki eng yuqori darajadagi raqiblarga qarshi o‘ynab keldik. Ertangi bahs ham bizning yanada rivojlanishimizga xizmat qiladi».

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:49, 27.06.2026.
O'qildi: 2272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик