Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Dyokeresh bo‘yicha bir qarorga keldi

«Arsenal» Dyokeresh bo‘yicha bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning shvedsiyalik hujumchisi Viktor Dyokereshning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Insayder Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, «Atletiko»dan tashqari yana bir nechta Yevropaning yetakchi klublari Dyokereshga qiziqish bildirishgan. Biroq, ortib borayotgan qiziqishlarga qaramay, «Arsenal» hujumchini o‘z safida saqlab qolmoqchi ekanligini aniq tushuntirib qo‘ydi. «To‘pchilar» ushbu futbolchi sotilmasligini bir necha bor ta’kidlashgan.

2025/26 yilgi mavsumda Dyokeresh barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Arsenal» 28 yoshli forvard uchun «Sporting»ga qariyb 70 million yevro to‘lagan edi.

Kiritildi: 12:31, 28.06.2026.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик