Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Messi JCH-2026 guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilari reytingida birinchi, Mbappe esa uchinchi o‘rinni egalladi

Messi JCH-2026 guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilari reytingida birinchi, Mbappe esa uchinchi o‘rinni egalladi

Baho:
+3 | -

Lionel Messi mashhur WhoScored statistik portalining o‘rtacha baholariga ko‘ra, yakunlangan JCH-2026 guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatini boshqarib bormoqda.

39 yoshli argentinalik hujumchi guruh bosqichida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 8,92 o‘rtacha ballga loyiq ko‘rildi. Reytingning ikkinchi pog‘onasini norvegiyalik Erling Xoland (8,87 ball) egallab turgan bo‘lsa, fransiyalik Kilian Mbappe (8,33 ball) uchinchi bo‘ldi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Vinisius Junior (Braziliya, 8,29 ball) va Usmon Dembele (Fransiya, 8,16 ball) joy olishdi. Keyingi 6-o‘rindan 10-o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalarni mos ravishda Ashraf Hakimiy, Kodi Gakpo, Leandro Trossard, Vilyam Saliba va Mateus Kunya egallab turishibdi.

Messi ayni damda to‘purarlar poygasida ham peshqadamlik qilmoqda. U guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan Iordaniyaga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushib, jarima zarbasini golga aylantirgan edi.

Kiritildi: 13:12, 28.06.2026.
O'qildi: 1146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик