Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

«Milan» himoyachi bilan kelishib oldi

«Milan» himoyachi bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Benfika»ning portugaliyalik himoyachisi Antoniu Silva «Milan»ga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Italiya grandi 22 yoshli Silva bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini kelishib olgan. Endilikda «Milan» «Benfika» klubiga rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Muzokaralar jarayoni davom etmoqda.

Alohida ta’kidlanishicha, «Milan» Silva uchun kechgan kurashda Saudiya Arabistoni klubi va Angliya Premyer-ligasining ikki vakilini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq, Silvaning transferi «Milan»ga taxminan 25–30 million yevroga tushishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Silva barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 41 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 14:00, 28.06.2026.
O'qildi: 801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик