Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

«Roma»ni «Yuventus»ning Svilar bo‘yicha bergan taklifi qoniqtirmadi

«Roma»ni «Yuventus»ning Svilar bo‘yicha bergan taklifi qoniqtirmadi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi «Roma» darvozaboni Mile Svilarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

La Repubblica nashrining xabar berishicha, Turin klubi golkiper transferi uchun taxminan 35 million yevro taklif qilishga tayyor. Biroq «Roma»ga ushbu taklif ma’qul kelmadi. Rim klubi o‘z futbolchisining sotuvidan kamida 60 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.

Mile Svilar 2022 yilda «Benfika»dan «Roma»ga erkin agent maqomida o‘tgan edi. Uning «bo‘rilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda 26 yoshli golkiper Rim klubi safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 44 ta gol olib chiqdi va 21 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Svilarning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:02, 28.06.2026.
O'qildi: 704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик