Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Kuarejma Xorvatiya bilan o‘yin oldidan Portugaliyani keskin tanqid qildi

Kuarejma Xorvatiya bilan o‘yin oldidan Portugaliyani keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

O‘tmishda mashhur bo‘lgan portugaliyalik futbolchi Rikardu Kuarejma Portugaliya milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi o‘yinini tanqid ostiga oldi.

Mundialning guruh bosqichida Roberto Martines shogirdlari faqat bitta g‘alabaga erishishdi — O‘zbekiston terma jamoasi mag‘lub etildi (5:0). Kongo DR va Kolumbiyaga qarshi uchrashuvlar esa durang bilan yakunlandi.

«Jamoaga quvonch, baxt, kreativlik yetishmayapti. Bizda doim bo‘lgan o‘sha shijoat (jur’at) va xohish yetishmayapti. Xarakter yetishmayapti. Futbolchilar tavakkal qilishdan qo‘rqayotgandek taassurot uyg‘onmoqda», — deya ekspertning so‘zlarini LiveModeTV nashri keltiradi.

Portugaliya terma jamoasi «K» guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. JCH-2026ning 1/16 finalida jamoa Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 19:58, 28.06.2026.
O'qildi: 1671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик