Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Jahon chempionatida Germaniyaning Fransiyaga qarshi ehtimoliy to‘qnashuvdagi imkoniyatlarini baholadi.
Agar fransuzlar 1/16 finalda Shvesiyani mag‘lub etsa, nemislar esa Paragvay ustidan g‘alaba qozonsa, jamoalar 1/8 finalda to‘qnash kelishlari mumkin.
— 1/8 finaldagi ehtimoliy raqib — Germaniya terma jamoasi fransuzlarni mag‘lub eta oladimi?
— Men Germaniyaning o‘yinini kuzatdim va mening fikrimcha — balki adashayotgandirman, — bu men ko‘rgan eng kuchsiz Germaniya terma jamoalaridan biri. Fransiya hech qanday muammosiz chorak finalga chiqishi mumkin.
— Ammo bu baribir Jahon chempionatidagi Fransiya — Germaniya uchrashuvi bo‘ladi-ku…
— Siz shunday deyapsiz, lekin men Germaniya ko‘p jihatdan o‘tmish bilan yashamoqda deb hisoblayman. Bu terma jamoaning eng kuchli tarkibi emas. Eslatib o‘taman, ular oxirgi ikkita Jahon chempionatida hatto guruhdan ham chiqa olishmagan edi. Shunday ekan, menimcha, xotirjam uxlayverishingiz mumkin, — dedi Lineker L’Equipe nashriga bergan intervyusida.













