Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo futbol bo‘yicha JCH-2026 favoritlari nomini ma’lum qildi.
«Fransiya, Ispaniya va Argentina juda yaxshi futbol ko‘rsatishmoqda, ular juda raqobatbardosh, qolaversa, Germaniya ham hamisha xavfli. Bular Braziliyaning titul uchun kurashdagi asosiy raqiblaridir», — deya Ronaldoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi L'Équipe.
Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda.













