Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichidan keyin yaqqol favorit aniqlanmaganini bildirdi.
«Ba’zi jamoalar guruh bosqichida boshqalarga qaraganda yaxshiroq natijalar ko‘rsatgani haqiqat. Ammo menimcha, yaqqol favorit hali aniqlangani yo‘q. Mening nazarimda, bu turnir yuqori raqobat va raqiblar o‘rtasidagi teng kuchlilik bilan ajralib turadi», — deydi Anchelotti so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Braziliya JCH-2026 ning 1/16 finalida Yaponiya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.













