Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«PSJ» «Milan»ning 18 yoshli darvozaboni transferini yakunladi

«PSJ» «Milan»ning 18 yoshli darvozaboni transferini yakunladi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» klubi «Milan»ning 18 yoshli darvozaboni Alessandro Longonini erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Yosh posbon «Milan» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, shu paytgacha jamoaning yoshlar va o‘rinbosarlar tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Romanoning yozishicha, Longoni Parij klubida Matvey Safonov va Lyuka Shevalyedan keyin jamoaning uchinchi raqamli darvozaboniga aylanadi. Jamoaning boshqa bir 19 yoshli posboni Renato Marin esa tajriba to‘plashi uchun Portugaliya klublaridan biriga ijaraga berib yuboriladi.

Kiritildi: 12:46, 29.06.2026.
O'qildi: 696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик