«Bornmut» klubi hujumchisi Eli Junior Krupi faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. U avvalroq ushbu mamlakatning «Loryan» jamoasida to‘p surgan. Bu haqda ParisTeam nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabar berishicha, yosh forvard «PSJ» klubiga ko‘chib o‘tishga o‘z roziligini bergan. Biroq ushbu transfer «Bornmut»ning moliyaviy talablari tufayli biroz qiyinlashishi mumkin. Parijliklar hujumchi uchun ortiqcha pul to‘lash niyatida emaslar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krupining transferiga Kataloniyaning «Barselona» klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar berilgan edi. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.













