Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Arsenal» yangi mavsum oldidan himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtiryapti

«Arsenal» yangi mavsum oldidan himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtiryapti

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Jahon chempionatidan (JCH-2026) so‘ng Vilyai Salibaning umumiy ahvoli bo‘yicha tibbiy xulosalarni kutgan holda, uning jismoniy holatini jiddiy nazorat ostiga olgan.

«Kanonirlar» yangi mavsum oldidan biror bir yakuniy qarorga kelishdan avval futbolchining jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘iga to‘liq baho berishni rejalashtirishmoqda.

Shu bilan birga, London klubi kutilmagan ko‘ngilsizliklarning oldini olish (zaxira rejasi) maqsadida transfer bozorida markaziy himoyachi pozisiyasi uchun bir nechta variantlarni o‘rganib chiqdi.

«Arsenal» o‘z radarlariga olgan himoyachilar qatorida «Kristal Pelas» a’zosi Maksans Lakrua va «Aston Villa» vakili Ezri Konsa bor. Bundan tashqari, so‘nggi haftalarda yana bir nechta nomzodlarning imkoniyatlari ham atroflicha tahlil qilingan.

Kiritildi: 13:45, 29.06.2026.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик