Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Argentina terma jamoasi darvozaboni: «Jarohat meni bezovta qilyapti, lekin o‘yinimga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilyapman»

Argentina terma jamoasi darvozaboni: «Jarohat meni bezovta qilyapti, lekin o‘yinimga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilyapman»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi darvozasini qo‘riqlayotgan Emiliano Martines barmog‘i singani sababli hanuzgacha og‘riq sezayotganini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, darvozabon ushbu jarohatni «Aston Villa» tarkibida Yevropa Ligasi finali oldidan o‘tkazilgan chigalyozdi mashg‘ulotlari paytida orttirib olgan edi. Argentinalik posbon AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan mundialda milliy terma jamoasi safida maydonga tushish uchun operasiya qildirmaslikka qaror qilgan.

«Men hali ham odatdagi tartibda mashg‘ulot o‘tkaza olmayapman, ammo keyingi o‘yinda barmoqni ushlab turuvchi moslamasiz o‘ynay olaman. U juda noqulay, sababi u bilan qo‘lqop juda keng bo‘lib qoladi. Jarohat meni bezovta qilyapti, lekin maydondagi o‘yinimga buning ta’siri sezilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilyapman», — deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi TyC Sports.

Lionel Skaloni shogirdlari JCH-2026 guruh bosqichida uchta g‘alabani qo‘lga kiritishdi, Martines esa o‘z darvozasidan atigi bitta to‘p o‘tkazib yubordi. Endi 1/16 finalda argentinaliklar Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 17:52, 29.06.2026.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик