Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Ispaniyada Keyn va «Barselona» haqidagi mish-mishlar rad etildi

Ispaniyada Keyn va «Barselona» haqidagi mish-mishlar rad etildi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi «Bavariya» hujumchisi Xarri Keynni sotib olishni rejalashtirmayapti.

Yaqinda Angliyadagi manbalar «ko‘k-anorranglilar» 32 yoshli yulduzning vakillari bilan aloqaga chiqqani haqida xabar tarqatgan edi. Ispaniyaning Diario Sport gazetasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tarqalgan mish-mishlarga qaramay, «Barselona» Keynni o‘zining transfer maqsadi deb hisoblamaydi. Kataloniya klubi hujumchi borasida ma’lumot so‘ragan, biroq futbolchining atrofidagilar uning «Bavariya»ni tark etish niyati yo‘qligini aniq tushuntirishgan. Shu sababli La Liga grandining unga bo‘lgan qiziqishi sovugan.

«Barselona»ning asosiy transfer maqsadi sifatida hanuzgacha Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares tilga olinmoqda. Uning transferi kataloniyaliklarga 150 million yevroga tushishi mumkin.

Kiritildi: 18:06, 29.06.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик