Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

«Yuventus» rahbariyati muzokara olib borilayotgan hujumchi nomini oshkor qildi

«Yuventus» rahbariyati muzokara olib borilayotgan hujumchi nomini oshkor qildi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh direktori Jovanni Karnevali hujumchi sotib olinishi mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Turin klubi Randal Kolo-Muanini o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda.

«Biz Randal Kolo-Muani borasida «PSJ» bilan muzokaralar olib boryapmiz va Fransiya klubi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni qayta tikladik. Bunday kelishuvlarni amalga oshirish har doim murakkab bo‘lgan, ammo biz buning ustida ishlayapmiz», — deya Karnevalining so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Eslatib o‘tamiz, Randal Kolo-Muani 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida «Yuventus» safida ijara asosida to‘p surgan edi. Yakunlangan o‘tgan mavsumni esa hujumchi «Tottenxem» klubida ijarada o‘tkazdi.

Nufuzli Transfermarkt portali 27 yoshli Kolo-Muanining transfer bahosini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:06, 29.06.2026.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик