Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan 2026 yilgi Jahon chempionatini tark etganidan so‘ng, hakamlikni va milliy terma jamoaning o‘yinini qattiq tanqid qildi.
"Bugungi jamoaning o‘yinini qoralashning ma’nosi yo‘q... Lekin bu qanday VAR qarori edi? Premyer-ligada ular shunchaki kulib, davom ettirishlari mumkin edi. Bu katta umidsizlik.
Afsuski, biz o‘zimiz ham to‘liq 120 daqiqa davomida ishonchli futbol o‘ynay olmadik", dedi Gyundogan De Marke Sports nashri bilan suhbatda.
Germaniya terma jamoasi 1/16 finalda Paragvayga yutqazib, turnirni tark etdi. O‘yin asosiy va qo‘shimcha vaqtlardan so‘ng 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi va paragvayliklar penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.













