Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yozua Kimmix 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/8 finalida Paragvayga qarshi o‘yinda jamoasining mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi. Germaniya terma jamoasi penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi va nufuzli turnirni tark etdi.
"Bu shunchaki dahshatli. Germaniya birorta ham o‘yinda o‘z darajasini ko‘rsata olmadi. Bizdan pastroqdagi jamoalarga qarshi muammolarga duch keldik. Shuning uchun biz haqli ravishda mag‘lub bo‘ldik", - dedi jamoa sardori.
Eslatib o‘tamiz, asosiy vaqt va qo‘shimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlangan. Penaltilar seriyasida Paragvay Germaniyani 4:3 hisobida mag‘lub etdi.













