Niderlandiya terma jamoasi vingeri Kodi Gakpo 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bosqichida Marokashga qarshi o‘yinda gol urdi. Bu gol uning Jahon chempionatidagi oltinchisi bo‘ldi.
Squawka portali ma’lumotlariga ko‘ra, bu harakat hujumchini Dennis Bergkamp, Uesli Sneyder, Aryen Robben va Robin van Persi kabi afsonalar bilan tenglashib, ikkinchi o‘ringa olib chiqdi.
Jonni Rep yettita gol bilan Niderlandiyaning Jahon chempionatlaridagi eng ko‘p gol urgan futbolchisi hisoblanadi.
Ronald Kumanning jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokini Marokashga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib yakunladi.













