Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa 2026 yilgi jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng o‘z kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu borada menda allaqachon fikrlar bor, lekin hozircha ularni oshkor qilmoqchi emasman», — deya Kumanning so‘zlarini keltiradi NOS.
JCH-2026 1/16 finalida Niderlandiya terma jamoasi Marokashdan mag‘lubiyatga uchradi. 120 daqiqa ichida jamoalar bittadan gol urishdi, penaltilar seriyasida esa Ronald Kuman shogirdlari imkoniyatni boy berib (2:3), turnirni tark etishdi.













