«Kyoln» klubining 19 yoshli vingeri Said El-Mala APLga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Futbolchining harakatlarini «Liverpul» diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Qizillar» Muhammad Salohga o‘rinbosar qidirishni davom ettirishmoqda. El-Mala «RB Leypsig» a’zosi Yan Diomandega muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ivuarlik futbolchi «PSJ»ga o‘tishga qaror qilgan.
Said El-Malaga shuningdek, «Chelsi», «Brentford» va «Brayton» klublari tomonidan ham qiziqishlar bor. Yakunlangan mavsumda futbolchi 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda vinger 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













