20 yoshli himoyachi Jeremi Jake «Renn»dan Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tdi. Futbolchining yangi ish joyi «Liverpul» bo‘ldi. Bu haqda mersisaydliklar top-klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar 2031 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladilar.
«Men bu o‘tishdan mamnunman. «Liverpul»da ekanimdan juda xursandman. Ushbu jamoada o‘ynashni boshlashni intizorlik bilan kutyapman. Bunday katta klubda to‘p surish — amalga oshgan orzu», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi «qizillar» matbuot xizmati.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida «Liverpul» 60 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallagan edi.













