Xabib Nurmagomedov JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘yinda Norvegiyaga muxlislik qilishini aytdi.
«Norvegiya keyingi bosqichga chiqdi va bu quvonarli, ustiga-ustak Holand hal qiluvchi golni urdi. Braziliya – Norvegiya o‘yinini kutyapmiz. Norvegiyani qo‘llab-quvvatlayman. Nima uchun aynan ularga muxlislik qilayotganimni o‘zim ham tushuna olmayapman. Vaholanki, Braziliyada «Real» murabbiyi va futbolchilari bor. Xullas, olg‘a, Norvegiya», – deb yozdi Xabib.
Kecha, 30 iyun kuni norvegiyaliklar Kot-d′Ivuar terma jamoasini mag‘lub etishdi (2:1). Braziliyaliklar esa bundan oldin pley-offning ilk o‘yinida Yaponiya terma jamoasidan o‘tishgandi (2:1).













